Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amrulla Solih o‘zini Afg‘oniston prezidenti v.b. deb e’lon qildi

Amrulla Solih o‘zini Afg‘oniston prezidenti v.b. deb e’lon qildi

Foto: AP

Bu haqda sobiq vitse-prezident o‘zining «Tvitter»dagi sahifasiga joylashtirgan bayonotida ma’lum qilgan.

«Afg‘oniston Islom Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident yo‘qligida, qochganida, iste’foga chiqqanida yoki vafot etganida, birinchi vitse-prezident uning vazifasini bajaruvchi bo‘ladi. Men mamlakatdaman va qonunga binoan, men qonuniy davlat rahbari vazifasini bajaruvchiman. Bu vazifani bajarishda mamlakatning barcha rahbarlari bilan maslahatlashaman», — degan u.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog‘lu bilan telefon orqali Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring