Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amudaryo daryosidan reja bo‘yicha eng kam suv ishlatgan mamlakat O‘zbekiston bo‘ldi

Amudaryo daryosidan reja bo‘yicha eng kam suv ishlatgan mamlakat O‘zbekiston bo‘ldi

Gidrometeorologik mutxassis E. Abdulahatov Amudaryo havzasi suv xo‘jalik tashkiloti hisobotini tahlil qildi

Hisobotga ko‘ra, Amudaryo iyulning uchinchi o‘n kunligida pishqirib oqib, mazkur davrda daryoning o‘rta oqimida (Qoraqum kanalga kirish qism) suv miqdori 4 km kubdan biroz ortdi. Bu, mazkur davr uchun prognoz qilingan qiymatdan 0.5 km kubga ko‘p degani.

Mutaxassisning qayd etishicha, Nurek suv omborida vaziyat barqarorlashgan. Suv ombor qish mavsumiga elektr energiya ishlab chiqarish uchun yetarli sathda suvni to‘ldira olgan. 11 km kub hajmga mo‘ljallangan suv ombor o‘zida 10.2 km kub suvni jamlagan. 

Pomir tog‘liklarida haroratning muttasil ko‘tarilish fonida muzliklarning jadal erishi Amudaryoning yirik irmoqlarida sersuvlilik keltirib chiqargan.

Shunga qaramay, daryoning yuqori oqimida Tojikiston va O‘zbekistonda biroz suv yetishmadi. O‘zbekiston yuqori oqimda suv olish limitdan 31% kam suvdan foydalanilgan bo‘lsa, tojik tomoni azim daryodan 5% ga kamroq suv oldi. Daryoning o‘rta oqimida Turkmanistonda suv taqchilligi ro‘y bermagan. o‘zbek tomon esa bu qismda rejadagi ko‘rsatkichdan 7% ga kam suvdan foydalanilgan.

Haqiqiy suv yetishmovchilik daryoning yana quyi qismiga to‘g‘ri kelgan. Turkmaniston mazkur davrda daryo suvidan foydalanishni 95% ga amalga oshira olgan bo‘lsa, o‘zbek tomoni bu davrda Amudaryo suvidan reja bo‘yicha limitning 69%ini ishlata olgan xolos. O‘zbek tomonida rejadagi limitdan qariyib 0.3 km kub suvdan foydalanish imkoni bo‘lmagan. Balki bunda o‘zbek tomoni Tuyamo‘yin suv omborini to‘ldirishga e’tiborini qaratgandir.

«Ha shunday, quyi qismdagi Tuyamo‘yin suv omborida daryo toshqin suvlaridan foydalanib, "suv qamashlar" sodir bo‘lgan va Tuyamo‘yin suv ombori avgust boshiga kelib, o‘z suvini 3.5 km kubga yetkaza oldi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iyulning uchinchi o‘n kunligida Amudaryo transchegaraviy daryosidan reja bo‘yicha eng kam suv ishlatgan mamlakat O‘zbekiston bo‘ldi. Kelgusida muzokaralar stolida mazkur vaziyatga oydinlik kiritilishi va pirovard rejalarda mazkur vaziyat yumshatilishiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi», – deydi Abdulahatov o‘z tahlilida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring