An’anaviy xitoycha to‘y 30 million dollarga tushdi
Dabdabaga o‘chlik faqat bizning bosh og‘rig‘imiz emas ekan.
Putiyan shahrida (Xitoy, Futsziyan viloyati) o‘tkazilgan to‘y naq festivalga aylanib ketdi va ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylandi – 30 million dollar sarflangan to‘y boshqalarda hayrat uyg‘otdi.
G‘ayrioddiy bayram-to‘y kuyov oilasining marmar uyidagi muhtasham – shifti ajdar va qaqnus haykallari bilan bezatilgan zalida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar nafaqat qadimiy raqslar ijrosini tomosha qilishdi, balki noz-ne’matlar – qirol qisqichbaqasi, akula sho‘rvasi, qush uyalaridan qilingan taom, qisqichbaqasimon baliqlarni tanovvul qilishdi. Xitoyning elita spirtining o‘zi to‘y tashkilotchilariga 210 ming dollarga tushdi.
Ammo ijtimoiy tarmoq «sharhlovchi»lari asosan e’tiborni kelinga qaratishdi. Aniqrog‘i, yuzga yaqin oltin xalqalar bilan bezatilgan ajoyib bo‘yinbog‘ni ko‘tarib turish uchun hatto kelin egilib qolgan edida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter