Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentga bergan va’dasining ustidan chiqdi

Prezidentga bergan va’dasining ustidan chiqdi

Namanganlik Anasxon Dedaboyev mahalla uchun qurayotgan bino va stadionni bitkazdi.

Anasxon aka 2021-yil 19-fevral kuni Prezidentning Namangan  viloyatiga tashrifi chog‘ida tasodifan Shavkat Mirziyoyev bilan yuz-yuz suhbatlashib, mahallasi uchun o‘z hisobidan MFY binosi va mini stadion qurib berishga va’da bergandi.

Prezident «bitgach rasmlari bilan menga xat yozasan», degandi.

Kuni kecha Anasxon Dedaboyev Prezident administratsiyasiga borib, uning nomiga yozilgan maktub va bino rasmlaridan iborat fotoalbomni topshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring