Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Andijon turmasi» shahar chekkasiga ko‘chiriladi

«Andijon turmasi» shahar chekkasiga ko‘chiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Andijon shahri bo‘yicha yana bir muhim tashabbusni aytdi.

«Andijon turmasi» nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi shahar markazida joylashgan. Kundan-kunga shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilib turgan vaqtda 100 yil oldin qurilgan bunday «sovuq» binoning markazda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani qayd etildi.

Shu bois bu ob’yekt shahar chekkasiga ko‘chirilishi, o‘rnida zamonaviy ko‘ngilochar savdo va servis markazi barpo etilishi belgilandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Andijon shahrini viloyatning 8 ta hududi bilan bog‘lovchi jamoat transporti mavjud emasligi oqibatida kuniga 80 ming aholi viloyat markaziga 20 mingga yaqin yengil transportda kelishga majbur bo‘layotgani ta’kidlandi.

Tig‘iz paytda Andijon shahridagi tirbandlik 7-8 ballga chiqib ketmoqda. Vaholanki, 1 ta kichik avtobus kuniga kamida 400 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib, 25 ta yengil mashinani o‘rnini bosadi.

Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yangi marshrutlar va viloyat sharoitiga mos avtobus rusumlarini aniqlab, taklif berish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring