Andijonda bir oilaning uyi va «Damas»i yonib ketdi

13-yanvar kuni soat 06:18 da Andijon viloyati, Andijon tumani «Dehqon» MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, hodisa bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida xonadonning 50 kv.m. maydonda shift, tom qismi va uy jihozlari hamda darvozaxonasida bo‘lgan «Damas» avtomobili yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 120 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter