Andijonda bo‘r davri yotqiziqlaridan tabiiy gaz qazib chiqarish qayta yo‘lga qo‘yildi

«Andijonneft» akdiyadorlik jamiyatiga qarashli «Uchtepa» konida mukammal ta’mirlash ishlaridan keyin bo‘r davri yotqiziqlarining XVIII-chi qatlamidan tabiiy gaz qazib chiqarish qayta yo‘lga qo‘yildi.
1(yura)-sonli quduq «Andijonneftgazquduqta’mirlash» MChJ mutaxassislari tomonidan to‘liq ta’mirlandi.
Ushbu quduqda 1085-1090 metr oraliqdagi qatlamdan kelayotgan suv yo‘lini to‘sish maqsadida sementli ko‘prigi o‘rnatilib, 1064-1069 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari amalga oshirildi.
Natijada quduqdan sanoat miqyosida kunlik o‘rtacha 50 ming kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishga erishildi.
Ma’lumot uchun: «Uchtepa» neftgazkondensat koni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida joylashgan bo‘lib, 2017 yilda ishga tushirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter