Andijonda davlatga katta zarar keltirgan mayning-ferma fosh etildi
Andijondagi mayning-ferma davlatga qariyb yarim milliard so‘mlik zarar keltirdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi, viloyat IIB hamda «O‘zenergoinspeksiya» hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
fuqaro D.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Andijon shahri, Savdogarlar ko‘chasidagi xonadonda tijorat maqsadida 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shug‘ullanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 413,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter