Andijonda gaz to‘ldirish shoxobchasida portlash: jarohatlanganlar bor
Bugun, 2-iyul kuni Andijon viloyati, Xonobod shahri, «Anhor» MFYda joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining kompressor xonasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Shunga ko‘ra qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Hodisa oqibatida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi kompressor xonasining 30 kvadrat metr maydondagi tom qismi, eshik va derazalariga zarar yetgan.
Chaqnash natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonasiga yotqizilgan. Xalok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda chaqnashning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter