Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda qurilishi bitmagan uyning yuqori qavat qulab tushdi

Andijonda qurilishi bitmagan uyning yuqori qavat qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ekani aytilgan xali qurilishi tugallanmagan binoning yuqori qavati qulab tushgani aks etgan video tarqaldi.

Holat bo‘yicha Andijon viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Unga ko‘ra, obyektda qurilish ishlari 2022-yilning mart oyida boshlangan. Nazorat tadbirlari davomida fuqaro I.Usmonov tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz inspeksiyani xabardor qilmasdan, obyektda qo‘shimcha 2 qavat (4-5-qavat) qo‘shib, qurilish ishlarini amalga oshirilgani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha fuqaro I.Usmonovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy chora qo‘llanilgan.  

Qurilish ishlari davomida binodagi temir-beton plitalarining qulab tushishi va bino yuqori qavatlaridagi devorlar buzilishiga ishchilar tomonidan temir-beton plitalar ustiga me’yordan (me’yor bo‘yicha 1 m.kv yuzaga 800 kg yuk tushishi belgilangan, lekin joyida ushbu yuzaga 1400-1500 kg atrofida yuk joylangan) ortiq qurilish materiallari yuklanganligi hamda yuklarni avtokranda tushirish jarayonida dinamik ta’sirning hosil bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Inspeksiya tomonidan obyektning shaharsozlik hujjatlarisiz qurilgan va yaroqsiz holga kelgan 4 va 5-qavatlarini fuqaro I.Usmonov tomonidan texnika xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etgan holda buzib (demontaj) olishi kerakligi tushuntirilgan va binoning 5-qavati demontaj qilingan.

Hozirda fuqaro I.Usmonovning moliyaviy muammolari sabab binoning 4-qavatini buzish va qurilish ishlarini davom ettirish vaqtincha to‘xtatilgan. Obyektning demontaj ishlarini bajarish va qurilishni davom ettirish inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring