Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Video. Andijonda shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Video. Andijonda shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda shifokorlarga pichoq bilan tajovuz qilinganligi aks ettirgan videolavha tarqalgandi. Holat prokuratura organi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uzga ma’lum qilishicha, fuqaro M. Husan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali travmatologiya qabulxonasiga kelib, yuz qismidan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan opasi M. Fotimaga tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi vaji bilan xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlar U.Turg‘unbayev va E. Haydarovni uyatli so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Bundan tashqari u  hamshira M. Sodiqovadan opasiga tan jarohatlari yetkazilganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaslikni talab qilib,  sha’n va qadr-qimmatni kamsituvchi uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishda davom etadi. Uning bunday xatti-harakati shifokorlarning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatishiga olib kelgan.

Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 10.03.2020 yilda fuqaro M. Xusanga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi ( xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumondor O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibi tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring