Andijonda xotinining joniga qasd qilgan erkak qo‘lga olindi

Joriy yilning 4-iyul kuni soat 9:30 larda Andijon shahrida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. turmush o‘rtog‘i 1982-yilda tug‘ilgan M.D. bilan Andijon shahri O‘rikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolni bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Olgan tan jarohati oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi A.D.ni ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgan.
Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi A.D. Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.
Xozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter