Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi "Kanada rejasi" ish bermadi

Andijondagi

Foto: Prokuratura departamenti.

Andijon viloyatida Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.M. fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, go‘yoki elchixonada ishlovchi tanishlari orqali Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring