Andijondagi pichoqbozlik bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Illyustrativ foto
Bugun Andijon shahrining Eskishahar mavzesidagi milliy taomlar oshxonasida yuz bergan pichoqbozlik natijasida 22 yashar yigit og‘ir jarohat olgani, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani xabari berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining qo‘shimcha xabar qilishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida Jinoyat kodeksining 104-moddasi («qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda yigitga pichoq urgan T. S. (1967-yilda tug‘ilgan) qamoqqa olindi.
Elatib o‘tamiz, avvalgi xabarda T.S. muqaddam Jinoyat kodeksining ayni shu - 104-moddasi («qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bilan bir necha marotaba sudlangani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter