Andrey Yermakning Ukrainadan ketishiga taqiq qo‘yildi
Ukraina Davlat chegara xizmatiga prezident Vladimir Zelenskiy devonining sobiq rahbari Andrey Yermakning mamlakatdan chiqishini taqiqlovchi xat kelib tushgan.
Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu haqda Oliy Rada deputati Aleksiy Goncharenko o‘zining Telegram kanalida yozgan.
«Chegara nazorat punktlariga Andrey Yermakning Ukrainadan chiqishini taqiqlovchi xat keldi», deb yozgan parlament a’zosi.
Deputat boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Andriy Yermak Prezident devoni rahbari lavozimidan iste’foga chiqdi. Undan avval Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi kurash byurosi va Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi kurash prokuraturasi tergovchilari uning uyida tintuv o‘tkazgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter