Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi transferlar e’lon qilindi

Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi transferlar e’lon qilindi

Foto: «Sky Sports»

Angliya premer ligasi tarixidagi barcha transferlar «Sky Sports» tomonidan tasniflandi. Portugaliyalik Krishtianu Ronalduning «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi — ekspertlar nazarida, eng yaxshi transfer.

Umuman olganda, reytingda «MYu» transferlari hammadan ko‘p — to‘rt marta keltirilgan.

Krishtianu Ronaldu «qizil iblislar» safiga 2003-yili 12 mln. funt evaziga kelib qo‘shilgan va aynan Manchesterda superyulduzga aylangan: olti yil o‘ynab, uch marta APL, bir marta YeChL g‘olibi bo‘lgan.

Reytingdagi top-3ga kirgan ikkovlon fransuzlar: Terri Anrining «Arsenal»ga «Yuventus»dan kelishi (1999-y.) va Erik Kantonaning «Lids»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi (1992-y.).

Angliya futboli transferlari reytingida ingliz futbolchisi egallagan eng yuqori o‘rin — to‘rtinchi: Frenk Lempardning 2001-yili «Vest Hem»dan «Chelsi»ga o‘tishi.

Top-10 ga kirgan qolgan futbolchilar:

  • Roy Kin («Nottingem Forest»dan «MYu»ga)
  • Dide Drogba («Marsel» klubidan «Chelsi»ga)
  • Sol Kempbell («Tottenhem»dan «Arsenal»ga)
  • Ueyn Runi («Everton»dan «MYu»ga
  • Vensan Kompani («Gamburg»dan «Manchester Siti»ga
  • Alan Shirer («Blekbern»dan «Nyukasl»ga).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring