Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyada Rim imperiyasidan qolgan kumush tangalar topildi

Angliyada Rim imperiyasidan qolgan kumush tangalar topildi

Foto: Andrew Williams/Norfolk County Council

Britan arxeologlari Rim imperiyasi davriga mansub 16 dona kumush tanga (denariy)ni topishdi. Xazina Angliya sharqidagi Norfolk grafligida, Barton-Bendish qishlog‘i yaqinida aniqlandi, deyiladi Live Science portali xabarida.

Tangalar miloddan avvalgi 57-yildan milodning 175–176-yillarigacha oraliqda zarb etilgan. Ularda bir necha Rim imperatori, jumladan, Antonin Piy (va rafiqasi Faustina I), Mark Avreliy (va rafiqasi Faustina II) suratlari aks etgan.

Tangalar bo‘yicha mutaxassis Adrian Marsdenning aytishicha, bu kumush tangalar o‘z davri uchun ham chakana pul bo‘lmagan, hozirgi hisobda bir necha yuz AQSh dollarini tashkil qilgan.

Norfolk Rim Britaniyasining qishloq xo‘jaligi rivojlangan muhim qismi bo‘lgan. Tangalar saqlash uchun ko‘mib qo‘yilgan yoki egasi tomonidan tushirib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring