Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrendan Toshkentga qatnaydigan elektropoyezd narxi aholi bilan kelishildi

Angrendan Toshkentga qatnaydigan elektropoyezd narxi aholi bilan kelishildi

Foto: «Uz24.uz»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilgan Angren temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirilganiga ko‘p vaqt o‘tmay, Toshkent-Angren-Toshkent yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yil 12 iyundan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan mazkur shaharlararo elektropoyezdi har kuni 18:30 da Toshkent Janubiy temir yo‘l vokzalidan, ertalab 07:09 da esa Angren temir yo‘l vokzalidan jo‘naydi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu poyezdning yo‘l haqqi Angren shahri aholisi bilan kelishilgan holda arzon narxlarda belgilandi. Yo‘nalish vaqti 2 soat, narxi 5.000 so‘m.

Mazkur poyezd To‘ytepa, Ozodlik, Ohangaron, Ablik bekatlarida ham to‘xtab o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring