Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Antistrumin» dorisini ishlab chiqargan MChJ tekshirilmoqda

«Antistrumin» dorisini ishlab chiqargan MChJ tekshirilmoqda

SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasining Farmatsevtika faoliyatini litsenzsiyalash boshqarmasi tomonidan «Antistrumin» dori vositasini ishlab chiqargan «Samo» MChJ korxonasida farmatsevtik faoliyat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv davomida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti davlat standartlariga, dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lish va korxona tomonidan majburiy rioya qilish shart bo‘lgan litsenziya talab va shartlari bo‘yicha  holatlar o‘rganilmoqda.

Shuningdek Markazning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalari tomonidan «Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament»ga muvofiq, «Antistrumin» dori vositasining xavfsizlik ko‘rsatgichlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tahlil jarayonlari ketmoqda.

Shu o‘rinda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi keng jamoatchilikka murojaat qilib, tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu dori vositasi bilan bog‘liq holat sabablari aniqlanib, ma’lum qilinmaguncha, asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qoladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Namangan va boshqa hududlarda bolalarning zaharlanishi qayd etildi. Vaziyatga prezident Shavkat Mirziyoyev ham munosabat bildirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring