AQSh arvoh-samolyotlarini Eron yaqiniga joylashtirmoqda

B-2 Spirit.
AQShning B-2A stels-bombardimonchi samolyotlari guruhi Missuridagi bazadan havoga ko‘tarilib, Diyego-Garsiya oroli tomon yo‘l oldi, deb xabar berdi UK Defence Journal.
Hind okeanidagi ushbu orolda AQShning strategik harbiy bazasi joylashgan.
B-2A Spiritlarga 8 ta KC-135 Stratotankers yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari hamrohlik qilmoqda. Ular Kanzasda bombardimonchilarga qo‘shilgan. Nashr Isroil-Eron nizosi fonida Pentagon harbiy samolyotlarini mintaqaga jo‘natayotganiga e’tibor qaratdi.
Diyego-Garsiya va Eron o‘rtasidagi masofa — taxminan 4 700 km. Stelslar bir yoqilg‘i quyishda 9 000–10 000 kilometrgacha parvoz qiladi.

«Arvoh-samolyot» maksimal tezligi — 1010 km/soat.
Ushbu samolyotlar Eron va Yugoslaviyaga bomba yog‘dirishda qatnashgan.
B-2 Spirit — AQSh arsenalidagi eng qimmat va yuqori texnologiyali samolyotlardan. Lokatorlarga chap bergani uchun ko‘rinmas yoki «arvoh-samolyot» nomini olgan. Oddiy va yadroviy bombalarni, xususan, bunkerlarga qarshi 13 tonnali Massive Ordnance Penetrator (MOP) bombalarini olib ucha oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter