Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh bankida qurolli hujum uyushtirildi

AQSh bankida qurolli hujum uyushtirildi

Foto: «korrespondent.net»

AQShning Ogayo shtatiga qarashli Sinsinnati shahrida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi, deya xabar beradi «Korrespondent.net».

«Haber7.com»ning ma’lum qilishicha, voqea «Fountain» maydonida bank binosi yaqinida sodir bo‘lgan. Qurolli hujumdan so‘ng shahar politsiya tashkiloti raisi Eliot Isaak bayonot berib, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Sinsinnati shahri meri Jon Granley noma’lum kimsa begunoh insonlarga qarata o‘t ochganini, bu voqea filmlardagi qo‘rqinchli sahnani eslatib yuborishini aytgan.

Ayni damda politsiya voqea joyida tekshiruv olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring