Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat kotibi Suriyani jiddiy falokatdan ogohlantirdi

AQSh davlat kotibi Suriyani jiddiy falokatdan ogohlantirdi

Foto: CNN

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Suriyaning o‘tish davri ma’muriyati duch kelayotgan qiyinchiliklarni hisobga olib, yaqin kelajakda keng ko‘lamli fuqarolar urushiga duch kelishi yoki hokimiyatni yo‘qotishi mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Arab Respublikasidagi vaziyat beqarorligicha qolmoqda va shuning uchun AQSh u yerda o‘z elchixonasini ochish niyatida emas. 

 "Aslida, bizning baholashimizcha, o‘tish davri hukumati duch kelayotgan qiyinchiliklarni hisobga olsak, ehtimol bir necha hafta, bir necha oydan keyin keng ko‘lamli inqiroz va fuqarolar urushi bo‘lishi mumkin va bu mamlakatning bo‘linishiga olib keladi", dedi Marko Rubio Senatdagi tinglovda (AFP iqtibosi). 

 "Gap o‘tish davri hukumatlari haqida emas – ular zarar yetkazmaydi, deb o‘ylaymiz. Muammo xavf tug‘diruvchi boshqa elementlarda. "Biz nafaqat mamlakatga kirganlarni, balki uni tark etishga majbur bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni ham himoya qilishimiz kerak”, - dedi AQSh Davlat kotibi. 

 May oyi o‘rtalarida Donald Tramp AQShning Suriyaga qarshi sanksiyalari bekor qilinishini e’lon qilgan edi. Ko‘p o‘tmay u Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan birinchi marta uchrashdi va uni Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga, “barcha xorijiy terrorchilarni” Suriyadan chiqarib yuborishga va IShID qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Trampga ko‘ra, Amerika ma’muriyati Suriya hukumati bilan munosabatlarni normallashtirish masalasini muhokama qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring