Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Erondan musodara qilingan qurollarni Ukrainaga bermoqda

AQSh Erondan musodara qilingan qurollarni Ukrainaga bermoqda

AQSh Ukrainaga Erondan musodara qilingan 1,1 million dona 7,62 millimetrli patronlarni topshirdi, deb ma’lum qilgan Amerika Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM).

Qo‘mondonlik bayonotidan ko‘rinib turibdiki, gap Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz kemasini tutib olish vaqtida olib qo‘yilgan o‘q-dorilar haqida ketmoqda.

«Qo‘shma Shtatlar ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bilan Eronning mintaqaga tarqatayotgan qurol-yarog‘i oqimiga qarshi barcha qonuniy vositalarni qo‘llash tarafdori», — deydi AQSh harbiylari.

Ular Eronning beqarorlashtiruvchi faoliyatiga chek qo‘yish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini qo‘shimcha qilishdi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti yozda Ukrainaga Vashingtondan moliyaviy yordam yordam olishda davom etish uchun korrupsiyaga qarshi kurashga chaqiruvchi diplomatik nota yuborgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring