AQSh hukumati «Garvard»ga xorijliklarni o‘qishga qabul qilishni taqiqlab qo‘ydi

AQSh Milliy xavfsizlik departamenti (DHS) rahbari Kristi Noem Garvard universitetini «zo‘ravonlik va antisemitizmni rag‘batlantirish», shuningdek, Xitoy Kompartiyasi bilan hamkorlik qilishda aybladi.
«Universitetning chet ellik talabalarni qabul qilishi va o‘qish uchun to‘langan mablag‘lar evaziga fondni to‘ldirishi – bu imtiyoz edi, huquq emas. Garvard ma’muriyatining ishni to‘g‘ri olib borishi uchun ko‘p imkoniyatlari bor edi. Ammo ular bunday qilmadi. Endi universitet g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari uchun talabalar va almashinuv dasturlari sertifikatidan mahrum bo‘ldi», – deydi Noem.
Sertifikat bekor qilingani ortidag Garvard endi chet elliklarga AQShda o‘qish vizasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni bera olmaydi. Hozirda Garvardda tahsil olayotgan chet ellik talabalar boshqa universitetga o‘tishlari kerak, aks holda ular mamlakatda qolish huquqini ham yo‘qotadilar.
Garvard universiteti Tramp ma’muriyatining bu harakatlarini noqonuniy va qasos olishga o‘xshash, deb baholadi, shuningdek, bu harakatlar universitetning ilmiy va tadqiqot missiyasiga putur yetkazishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Garvardda 140 mamlakatdan 7 mingga yaqin xorijlik talaba ta’lim olmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter