Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Oliy sudi sudyasi Ginzburg 86 yoshida saratonni yengdi

AQSh Oliy sudi sudyasi Ginzburg 86 yoshida saratonni yengdi

Foto: «Depositphotos»

AQSh Oliy sudi sudyasi 86 yoshli Beyder Ginzburg saratonni yana yengganini ma’lum qildi.

Ginzburg salomatligi AQSh siyosiy hayotida muhim hisoblanadi, deb yozadi «RIA Novosti». Oliy sud mamlakatdagi siyosiy muzokaralarga har tomonlama ta’sir o‘tkazadi va ko‘pincha unga nuqta qo‘yadi. Hozir 9 o‘rinli oliy sud instansiyasidagi kuchlar muvozanati tayinlangan respublikachilar prezidenti foydasiga xizmat qilmoqda. Tayinlangan demokratlar, jumladan, Ginzburglar ozchilikni tashkil etadi. Bunda to‘qqizta sudyadan uch nafari 70 yoshdan oshgan. Agar sudyalardan biri iste’foga chiqsa, bu respublikachi-prezident Donald Trampga o‘zining prezidentlik muddatida uchinchi sudyani tayinlash imkonini beradi. Agar Ginzburg sog‘ligi tufayli sudni tark etadigan bo‘lsa, tayinlangan respublikachilar ikkita ovozga ko‘payadi va bu kuchlar muvozanati uzoq yillar saqlanib qolishi mumkin.

«Men saratondan qutuldim, — deydi Ginzburg «CNN»ga bergan intervyusida. — O‘sma to‘liq davolandi, kasallik tananing boshqa joyida bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q».

Ginzburgga 1999-yildayoq yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilib, operatsiya va kimyoterapiyani boshidan o‘tkazadi. 2009-yili oshqozonosti bezi saratoni tufayli uni yana operatsiya qilishadi. 2014-yili aortokoronar shuntlash bo‘yicha operatsiyani boshidan  o‘tkazadi, 2018-yilda esa yiqilib, bir nechta qovurg‘asini sindirib olgani uchun shifoxonaga yotadi. Tomografiyadan so‘ng sudyada o‘pka saratoni aniqlanadi, 2018-yil dekabrda uni operatsiya qilishadi. 2019-yil avgustda Ginzburgning aytishicha, oshqozonosti bezida yana paydo bo‘lgan saraton tufayli uch hafta radioterapiyadan o‘tadi. Shuncha kasalliklariga qaramay, Ginzburg bor-yo‘g‘i bir necha marta sud majlislarida ishtirok etmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring