Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Paragvay elchixonasini Quddusda qoldirishni talab qilmoqda

AQSh Paragvay elchixonasini Quddusda qoldirishni talab qilmoqda

Foto: «Haber7.com»

AQSh prezidenti yordamchisi Mayk Pens Paragvay prezidenti Benitesga qo‘ng‘iroq qilib, Paragvay elchixonasini Quddus shahridan Tel-Avivga ko‘chirish qarorini bekor qilishni so‘radi. Bu haqda «Haber7.com» xabar bermoqda.

Pens Benitesga qo‘ng‘iroq qilib, avvalgi qarorda qolishni, ya’ni Paragvay elchixonasini Quddus shahrida qoldirshini talab qilgan.

Paragvay AQSh va Gvatemaladan so‘ng shu yil 21 may kuni Tel Avivdagi elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirgan edi.

Kecha Paragvayning Quddus shahridagi elchixonasi Tel-Avivga qaytarilgani haqda xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring