AQSh ruslarning koronavirus vaksinasini keskin tanqid qildi

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi Amerika emdorilaridan orqada qolmoqda va haddan tashqari kam sinovdan o‘tdi. AQSh prezidenti yordamchisi Kellian Konuey o‘zining bunday qarashlarini «Fox News» telekanali efirida bildirib o‘tgan.
U Rossiya standartlarini tanqid qila turib, Amerika talablari qat’iyroq ekanligini aytgan.
«Ishlab chiqishning uchinchi bosqichida turgan oltita potensial vaksinamiz bor. Ular esa (Rossiya) hatto bungacha ham yetib bormagan ko‘rinadi», — deya ta’kidlagan Konuey.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter