Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Senati Isroilga moliyaviy yordam to‘g‘risidagi hujjatni ma’qullamadi

AQSh Senati Isroilga moliyaviy yordam to‘g‘risidagi hujjatni ma’qullamadi

AQSh Senati 7-noyabr, seshanba kuni Isroilga Falastinning HAMAS harakatiga qarshi kurashida 14,3 milliard dollar (13,5 milliard yevro) ajratish haqidagi qonun loyihasini ma’qullamadi. Avvalroq, 2 noyabr kuni mazkur hujjat loyihasi respublikachilar ko‘pchilik bo‘lgan Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan, biroq demokratlar ustunlikka ega bo‘lgan AQSh Kongressining yuqori palatasida ovoz berishdan o‘tmagan edi.

Agar Senat qonun loyihasini ma’qullaganida, u AQSh prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etilgan bo‘lardi. Biroq Oq uy oldinroq Baydenning ikki palatada ovoz berishdan o‘tib, yakunlangan taqdirda ham hujjatga veto qo‘yishi va imzolashdan bosh tortishi haqida oldindan ogohlantirgan edi.

Respublikachilar tomonidan 30-oktyabrda ilk bor taqdim etilgan mazkur qonun loyihasi Vakillar palatasi yangi spikeri Mayk Jonson davridagi birinchi yirik qonunchilik tashabbusi hisoblanadi. Uning mohiyati faqat Isroilga yordam ko‘rsatishdan, jumladan, Isroilning «Temir gumbaz» va «Dovud nayzasi» havo mudofaa tizimlarini sotib olish uchun 4 milliard dollar, shuningdek, «Iron Beam» tizimini rivojlantirish uchun 1,2 milliard dollar ajratishdan iborat.

Qonun loyihasi kiritilgach, u AQSh senatorlari tomonidan tanqid qilindi.

O‘z navbatida, Senatdagi Demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer Vakillar palatasida taqdim etilgan qonun loyihasini «bema’ni taklif» deb atadi.

Avvalroq, 20-oktyabr kuni Jo Bayden AQSh Kongressiga Ukrainaga bir yil muddatga 61,4 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam, shuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar hamda qo‘shimcha mablag‘ sifatida 31 milliard dollar, jumladan, Falastin aholisiga yordam berish uchun 10 milliard dollar ajratish so‘rovini yuborgan edi. Shuningdek, Bayden so‘rovida AQSh-Meksika chegarasini mustahkamlash uchun 13,6 milliard dollar hamda boshqa milliy xavfsizlik masalalarini hal qilish uchun 7,4 milliard dollar ajratish ham bo‘lgan. AQSh prezidenti Kongressdan so‘ragan mablag‘ning umumiy miqdori 106,7 milliard dollarni (100 milliard yevro) tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring