Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Suriyaga zarba berish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Suriyaga zarba berish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: «InoSMI»

AQSh Suriyaga zarba berish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. AQSh Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgani yuzasidan Damashq va Moskvani ayblab, bunga javob tarzida Suriyaga zarba berish uchun «zamin hozirlash» bo‘yicha tayyorgarlikka kirishgan.

«Wall Street Journal»da qayd etilishicha, Donald Tramp harbiy rahbariyat bilan uchrashuv oldidan jurnalistlarga Suriyada halok bo‘lgan ayollar va bolalar tasvirlangan videotasmani ko‘rganidan keyin bu masalaga imkon qadar tezroq kirishishga qaror qilganini bildirdi. «Bu javobsiz qolmaydi va javob albatta qaqshatqich bo‘ladi. Qachon? Buni aytmayman sizga!», —degan prezident.

Shuningdek, Tramp yaqin 24 yoki 48 soat ichida biror qat’iy qarorga kelinishini ham qo‘shimcha qilgan. Gazetaning yozishicha, «Pentagon Tramp ko‘rib chiqishi  uchun bir qator harbiy chora-tadbirlarni tayyorlab qo‘ygan».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring