Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Usama bin Ladenning o‘g‘li uchun 1 million dollar mukofot va’da qildi

AQSh Usama bin Ladenning o‘g‘li uchun 1 million dollar mukofot va’da qildi

Foto:«CA-News»

AQSh hukumati «Al-Qoida» terrorchilik tashkilotining liderlaridan biri sifatida ko‘riladigan Hamza bin Ladenning qayerdaligi haqida ma’lumot bergan odamga 1 million dollar mukofot to‘lashini ma’lum qildi. Bu haqda «Interfaks» yozmoqda.

«2015-yil avgust oyidan beri u (bin Laden) internetda maslakdoshlariga AQSh va uning ittifoqchilariga hujum qilishni targ‘ib etib audio va videomurojaatlar bilan chiqdi» deyiladi AQSh davlat departamenti axborotida.

Bin Ladenning o‘g‘li otasining o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da bergan.

Ma’lumki, 2001-yil 11-sentyabrda Nyu-Yorkda sodir etilgan terrorchilik harakati uchun javobgarlikni «Al-Qoida» o‘z zimmasiga olgandi. Tashkilot rahbari Usama bin Laden AQSh maxsus xizmatlari tomonidan 2011- yil o‘ldirilgani aytiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring