Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va NATO yordamisiz Ukraina qancha vaqtda mag‘lub bo‘lishi aytildi

AQSh va NATO yordamisiz Ukraina qancha vaqtda mag‘lub bo‘lishi aytildi

American National Interest jurnalining noshiri va bosh direktori Dmitriy Sayms Ukraina AQSh va NATOning harbiy yordamisiz Rossiya bilan ziddiyatdagi o‘z pozitsiyasini qancha vaqt saqlab tura olishini taxmin qildi.

Unga ko‘ra, «Ukraina yordamsiz bir oycha turib bera oladi, xolos».

«Vladimir Zelenskiy hukumati AQSh va NATOning misli ko‘rilmagan harbiy, moliyaviy va siyosiy yordamiga to‘liq bog‘liq bo‘lib, ularsiz Ukraina bir oy davomida Rossiya hujumi ostida tura olmagan bo‘lardi», deydi u.

Jurnalist NATO Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashi kerak deb o‘ylashi xato ekanini, mojaroga diplomatik yechim topishga harakat qilinmasa, vaziyat nazoratdan chiqib ketishi mumkinligi qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning Ukraina ustidan g‘alaba qozonishi NATOning mag‘lubiyatini anglatishini qayd etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring