AQSh Venesuela prezidentining «boshi» uchun qo‘yilgan mukofot pulini oshirdi

AQSh Venesuyela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olishga yordam berganlik uchun mukofotni 25 million dollardan 50 million dollarga oshirdi.
AQSh Bosh prokurori Pam Bondi, uning «dunyodagi eng yirik giyohvand moddalar savdogarlaridan biri va milliy xavfsizlikka tahdid» ekanligini aytdi.
AQSh rasmiylari 2020 yilda Maduroning hibsga olinishiga asos bo‘ladigan ma’lumotlar uchun mukofot e’lon qilgan edi. O‘sha paytda bu miqdor 15 million dollar bo‘lgan. 2025 yil boshida u 25 millionga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 11 sentyabr voqealaridan keyin AQSh «Al-Qoida» yetakchisi Usama bin Ladenni qo‘lga olish uchun ham 25 million dollar mukofot puli va’da qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter