AQSh yadro qurollarini Buyuk Britaniyaga joylashtiradi
AQSh Rossiyadan tahdid kuchayishi munosabati bilan 15 yil ichida birinchi marta Britaniyaga yadro qurolini joylashtirishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph nashrining yozishicha, qirollikning Leykenxit aviabazasiga yangi ob’yektni yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar AQSh bu yerda yadro kallaklarini joylashtirish niyatida ekanligini tasdiqlaydi. Ular Xirosimaga tashlangan bombadan uch barobar kuchliroqdir.
2008 yilda AQSh Moskva tomonidan sovuq urush tahdidi barham topganiga ishonib, yadroviy raketalarini Britaniyadan olib chiqib ketgan edi.
Shu yilning 25 yanvar kuni NATO sovuq urush davridan beri eng yirik mashqlarini boshladi. Mashg‘ulotlar may oyigacha davom etadi. Unda 90 ming harbiy xizmatchi, 50 dan ortiq kema, 80 dan ortiq qiruvchi, vertolyot va dron hamda kamida 1100 ta jangovar texnika ishtirok etmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushkoning so‘zlariga ko‘ra, NATOning keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari alyansning sovuq urush davridagi harakatlarga qaytishidan dalolat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter