AQSh yadro qurollari Britaniya hududiga joylashtirildi

2008-yildan beri birinchi marta AQSh yadro qurollari Britaniya hududida joylashtirildi. Bu haqda bir nechta manbalarga asoslanib UK Defence Journal nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan hafta Qirollik havo kuchlarining Saffolkdagi Lakenxit bazasiga bir nechta B61-12 termoyadroviy bomba yetkazilgan. Manbalarga ko‘ra, bombalar AQSh harbiy-havo kuchlarining Nyu-Meksikodagi Kirtlend bazasidan yetkazilgan.
AQSh va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari bu ma’lumotga izoh bermadi.
Iyun oyida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer mudofaa masalalarining strategik sharhini taqdim etdi. Xususan, o‘q-dorilar, jumladan, yadro kallaklari ishlab chiqarishga 20 milliard dollar sarmoya kiritish ko‘zda tutilgan. Janob Starmerning aytishicha, bu mamlakat yadroviy arsenalining "tarixiy" yangilanishi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya AQShdan taktik yadro bombalarini olib yurishga qodir 12 ta F-35A Lightning II qiruvchi samolyotini sotib olishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter