Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda 15 million doza COVID-19 vaksinasi tashlab yuborilgan

AQShda 15 million doza COVID-19 vaksinasi tashlab yuborilgan

Foto: «NBC News»

AQShda mart oyining boshidan buyon qariyb 15 million doza COVID-19 vaksinasi tashlab yuborilgan, ammo bu raqamlar kamaytirib ko‘rsatilgan bo‘lishi hech gap emas. Bu haqda hukumat ma’lumotlariga asoslanib, NBC News telekanali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikada to‘rtta dorixonalar tarmog‘ining har biri o‘tgan olti oy davomida bir milliondan ortiq doza vaksinani yo‘qotgani haqida xabar bergan. Walgreens kompaniyasi eng katta zarar ko‘rgan — 2,5 milliondan ortiq doza.

Biroq AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan berilgan yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq emas, chunki bir qancha shtatlar va federal dori yetkazib beruvchilar hisobotga kiritilmagan. Shunga ko‘ra, tashlab yuborilgan vaksinalarning haqiqiy soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Ushbu hodisaning sabablari markazlarning hisobotlarida ko‘rsatilmagan. Ehtimol, yo‘qotishlar idishlar yaxlitligining buzilishi, preparatli ampulalarni saqlovchi uskunalarning yaroqsizligi yoki nuqsonlar natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring