AQShda Bayden prezidentlikka saylanadigan bo‘lsa, qanday qo‘rqinchli oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi

Respublikachilar partiyasidan amerikalik senator Rend Polning fikricha, Jo Baydenning AQSh prezidentligiga saylanishi mamlakatni ko‘plab urushlarga giriftor qiladi, deya xabar berdi «NBC News».
«Jo Bayden doimiy ravishda yangidan-yangi urushlarga chorlaydi. U Donald Tramp ancha vaqtgacha «avlodimizning eng yomon geosiyosiy xatosi» deb hisoblagan Iroqdagi mojaro uchun ovoz bergan. Bayden yana urushni tanlaydi deb qo‘rqaman. U Serbiya, Suriya va Liviyadagi urushlarni ham qo‘llab-quvvatlagan. Jo Bayden pulimizni sarflab, qonimizni to‘kishda davom etadi», — dedi senator Respublikachilar partiyasi yig‘ilishida.
Rend Pol Demokratlardan ko‘rsatilgan nomzoddan farqli o‘laroq Donald Trampni misol tariqasida keltirdi. U «yangi qurolli mojarolarni boshlash o‘rniga, ularni tugatishga intilyapti».
«Men Donald Trampni qo‘llab-quvvatlayman, chunki u ham men kabi kuchli Amerika uzluksiz urushlarni davom ettirolmaydi, deb hisoblaydi», — dedi senator.
Avvalroq Respublikachilar partiyasi Donald Trampni ikkinchi prezidentlik muddatiga rasman ilgari surgani ma’lum bo‘di. Amaldagi davlat rahbari delegatlarning kerakli 1276 ta ovozini to‘pladi.
AQShda prezident saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Trampning asosiy raqibi Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter