Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda harbiy samolyot qulashi oqibatida bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi

AQShda harbiy samolyot qulashi oqibatida bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi

Foto:«Reuters»

«AQShning Jorjiya shtatida «S-130» harbiy samolyotining qulashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi», — deb xabar bermoqda «Gazeta.ru».

Samolyot 2-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da «Savanna Xilton Xed» xalqaro aeroporti yaqinida qulagan. U Puerto-Riko milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lib, bortda to‘qqiz kishi bo‘lgan.

Hukumat ayni damda qurbonlarning aniq sonini ma’lum qilmagan, ammo «Associated Press» agentligining manbasi omon qolganlar yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring