Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda sud binosi yonida o‘zini yoqib yuborgan erkak vafot etdi

AQShda sud binosi yonida o‘zini yoqib yuborgan erkak vafot etdi

Nyu-Yorkda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ustidan sud jarayoni davom etayotgan sud binosi oldida o‘zini yoqib yuborgan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

«Maks Azzarello o‘zini yoqib yuborganidan bir necha soat o‘tib vafot etdi», deyiladi politsiya xabarida.

Nashrning qayd etishicha, vafot etgan shaxs 37 yoshda edi. Florida shtatida yashagan Maks Azzarello Nyu-Yorkda Tramp ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgan mahkama oldida o‘zini yoqib yuborgan.

MaksAzzarello avvalroq «Tramp va Baydenning tili bir, ular fashistik to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda» degan yozuv bilan namoyishga chiqqan.

Tramp esa o‘ziga qarshi jinoiy sud jarayonini Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning siyosiy ta’qibi deb atagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring