Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda vertolyot halokatga uchradi, bir kishi omon qolgan

AQShda vertolyot halokatga uchradi, bir kishi omon qolgan

Foto: «Opoyi»

AQShning Alyaska shtati Byutt shahri yaqinida vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda mahalliy hukumat vakillariga asoslanib «Associated Press» agentligi xabar berdi.

Shanba kuni noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan «Eurocopter AS50» vertolyoti bortidagi besh kishi halok bo‘lgan, birgina inson omon qolgan, uni og‘ir ahvolda shifoxonaga joylashtirishgan.

AQSh transportlar xavfsizligi milliy kengashi halokat sabablarini o‘rganmoqda. Halokat yuz bergan hudud bo‘ylab parvozlar vaqtincha taqiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring