AQShdagi milliy xavfsizlik agentligida otishma sodir bo‘ldi

AQShning Merilend shtatida joylashgan milliy xavfsizlik agentligi shtab-kvartirasida otishma sodir bo‘ldi. Voqea agentlik binosining old qismida yuz bergan. Bu haqida ABC telekanali xabar qilgan.
Uch kishi jarohat olgan, otishmani uyushtirishda shubha qilinganlar qo‘lga olingan. Xizmatchilar bino oldidagi to‘siqqa urilgan avtomobilni taftish qilishgan. Milliy xavfsizlik agentligining bosh binosi joylashgan Fort-Mid shahriga qidiruv vaqtida shahar avtomagistralini bekitish haqida xabar berganlar. Hodisa joyida FBR xizmatchilari tekshiruv o‘tkazmoqda.
Ushbu voqea yuzasidan mamlakat prezidenti Donald Tramp ham boxabar qilingan. «Voqea yuzasidan yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan ularni taqdim etamiz», — deya ma’lum qilgan prezident ma’muriyati matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter