AQShdagi tug‘ilgan kun fojiaga aylandi

AQShning Alabama shtatidagi Deydvill shahridagi ziyofatda yuz bergan otishmada kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Shuningdek, bir necha kishi yaralandi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Hozircha to‘rtta qurbon va ko‘plab jarohatlanganlar bor», — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, otishma o‘smirning tug‘ilgan kuni kechasida boshlangan. Umumiy hisobda, 20 dan ortiq odam otishmadan jabrlangan.
Avvalroq Kentukki shtatining Luisvill shahri markazida yuz bergan otishmada besh kishi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter