Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning savdo urushiga Xitoy pandalar bilan javob qaytardi

AQShning savdo urushiga Xitoy pandalar bilan javob qaytardi

Foto: Smithsonian’s National Zoo

AQShning savdo urushining yangi bosqichini boshlash qaroriga Xitoy g‘ayriodatiy javob qaytardi, deb yozmoqda BBC. Javob cheklovlari va bojlarini qo‘llash o‘rniga, xitoyliklar Amerikaning qoq yuragi — Vashingtondagi hayvonot bog‘iga yaxshi niyat elchilari sifatida gigant pandalar: Bao Li va Sin Baoni jo‘natishadi.

O‘tgan yili Xitoy AQShdan eng so‘nggi pandalarni qaytarib olganidan so‘ng, amerikaliklar Xitoy monopol huquqqa ega bambuk ayiqlarini tomosha qilish imkonidan musovo bo‘lishgandi.

Aytish kerakki, voqea Amerikada katta quvonch bilan kutib olindi — Oq uyda birinchi xonim Jill Bayden ishtirokida pandalar qaytayotgani rasman e’lon qilindi. Aytilishicha, 2024-yil oxiriga qadar pandalar Amerikaga yetib keladi.

«Sabrsizlik bilan kutilgan tarixiy lahzalarni mamlakatimiz poytaxtida bayram qilamiz», — dedi quvonch bilan Amerika prezidentining rafiqasi.

Ma’lumot uchun: Xitoy odatda o‘ziga do‘st sanagan mamlakatlarga minnatdorlik sifatida pandalarni jo‘natadi. Masalan, sobiq Ittifoq 1957-yilda kommunistik Xitoyni birinchi bo‘lib tan olgani uchun Pin-Pin laqabli panda bilan siylangan.

1972-yilda Richard Niksonning Xitoyga tarixiy tashrifidan so‘ng munosabatlar iliqlashib, AQShga gigant pandalar yuborilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring