Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning sobiq mudofaa vaziri: «Rossiya va AQSh dahshatli urush ostonasida»

AQShning sobiq mudofaa vaziri: «Rossiya va AQSh dahshatli urush ostonasida»

Foto: Rambler/novosti

«Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatni yangi sovuq urush boshlanishi bilan ta’riflash mumkin. Ammo bunisi avvalgi sovuq urushga qaraganda xavfliroq», — deya fikr bildirdi amerikalik sobiq vazir Uilyam Perri. U mazkur so‘zlarni Rossiya tashqi ishlar vazirligining diplomatiya akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashuvda aytgan.

Sobiq mudofaa vazirining fikricha, bugun tomonlar qurollarni nazorat qilish va yadroviy xavfsizlik borasidagi hamkorlik masalasini ko‘rib chiqmayapti. «Biz AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi diplomatiyaga qaytishimiz kerak», — deya ta’kidladi u.

Uchrashuv yakunida Perri auditoriyaning savollariga javob berarkan, Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatga: «Bugun KXDRda yadroviy qurol bor, hukumat ham undan voz kechish niyatida emas. Diplomatiya ham bu muammoni hal qila olmaydi. Shuning uchun AQSh, Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya bor imkoniyatlari bilan KXDRni tiyib turishlari kerak», — deya izoh berdi.

Eron haqidagi savolga javoban sobiq vazir ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomalarni saqlab qolish lozimligini aytdi. «Agar AQSh bu kelishuvlardan chetga chiqsa, bu haqiqiy fojia bo‘ladi», — degan Perri. Xulasa o‘rnida u hech kim bu muammolarni bir o‘zi hal qila olmasligini, ammo diplomatlarda vaziyatni o‘zgartirish uchun katta imkoniyat borligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring