Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning tolibonlar bilan maxfiy kelishuvi fosh bo‘ldi

AQShning tolibonlar bilan maxfiy kelishuvi fosh bo‘ldi

Foto: «News.yandex.ru»

Amerikalik harbiylar «Tolibon» harakati bilan maxfiy bitim tuzishgan. Tolibonlar bir guruh AQSh fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish uchun Kobul aeroportining «maxfiy» darvozalariga kuzatib qo‘yishgan, deya xabar beradi CNN telekompaniyasi.

Amerikaliklarga aeroport yaqinidagi yig‘ilish punktlari haqida xabar berilgan. U yerda tolibonlar hujjatlarni tekshirib, ularni AQSh harbiylari evakuatsiya qilinuvchilarni kutib turgan nazorat punktigacha kuzatib qo‘yishgan.

«Amerika harbiylari ko‘pgina vaziyatlarda vatandoshlarining tolibonlar hamrohligida harakatini kuzatishgan», — deya xabar berdi CNN.

Kuzatish operatsiyalari kuniga bir necha martalab amalga oshirilgan. To‘planish joyi vazifasini ko‘pincha IIV binosi o‘tagan.

AQSh harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqish operatsiyasi nihoyasiga yetgani xabar berildi.

Shunga qaramay, mamlakatda yana bir necha yuzta AQSh fuqarolari qolganligi aytilmoqda.

Hozir amerikaliklar tolibonlarni mamlakatni tark etishni xohlagan har qanday kishiga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring