Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina davlat sektorida ishlovchilar sonini yana 50 ming nafarga qisqartiradi

Argentina davlat sektorida ishlovchilar sonini yana 50 ming nafarga qisqartiradi

Xaver Miley.

Foto: Kommersant

Argentina hukumati davlat sektorida ishlovchi xodimlar sonini yana 50 ming nafarga qisqartiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Xaver Miley bayonot berdi, deyiladi TASS xabarida.

«Davlatning barcha tuzilmalari ikki baravarga qisqardi. Chunki buning o‘ziga yarasha moliyaviy yuki bor edi, odamlarni bo‘shatishga kirishdik. Jami hisobda 75 ming kishini qisqartiramiz, hozirgacha 25 ming xodimni ishdan oldik», — dedi Miley Lotin Amerikasi iqtisodiy forumida.

Prezident Miley o‘zi o‘tkazayotgan islohotlar aholining kam himoyalangan qatlami hamda o‘rta sinfga zarba bo‘lganiga ham iqror bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring