Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinaga atalgan kecha. Messi yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Argentinaga atalgan kecha. Messi yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Kuni kecha, 27 fevral kuni FIFA 2022 yilning eng yaxshilarini e’lon qildi.

The Best mukofotini Argentina va «PSJ» klubi hujumchisi Lionel Messi qo‘lga kiritdi. U asosiy taqibchilari – Kilian Mbappe va Karim Benzemani ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi  Qatarda o‘tgan jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Shu tariqa u 2-bor The Best sovriniga ega chiqib, Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovskiga yetib oldi.

The Best mukofotining barcha g‘oliblari:

Eng yaxshi futbolchi – Lionel Messi («PSJ» / Argentina);

Eng yaxshi murabbiy – Lionel Skaloni (Argentina milliy jamoasi);

Eng yaxshi darvozabon – Emiliano Martines («Aston Villa» / Argentina);

Eng chiroyli gol muallifi – Marsin Oleksin («Varta Poznan» / Polsha);

Fair Play sovrini – Luka Lochoshvili (Gruziya)

«Eng yaxshi muxlislar» — argentinalik muxlislar;

Ramziy terma jamoa:

Darvozabon: Tibo Kurtua («Real» / Belgiya);

Himoyachilar: Ashraf Hakimi («PSJ» / Marokash), Virjil Van Deyk («Liverpul» / Niderlandiya), Joau Kanselu («Bavariya» / Portugaliya);

Yarimhimoyachilar: Kevin de Bryuyne («Manchester Siti» / Belgiya), Luka Modrich («Real» / Xorvatiya), Kazemiro («MYu» / Braziliya);

Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ» / Fransiya), Karim Benzema («Real» / Fransiya), Erling Holand («Manchester Siti» / Norvegiya), Lionel Messi («PSJ» / Argentina).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring