Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Arzon degan nomi bor, xolos...» Oliy Majlis deputati Sergelidagi uylar haqida

«Arzon degan nomi bor, xolos...» Oliy Majlis deputati Sergelidagi uylar haqida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Facebook»dagi sahifasida Sergelida qurilayotgan yangi uylarning narxi oshishi va sifati yuzasidan mulohazalarini bildirdi.  

«O‘tgan yilning yozida Sergelida qurilayotgan uy-joylarning narxi keskin oshib ketganligi yuzasidan dastlab Toshkent shahar hokimi va «O‘zshaharqurilishinvest» IK, keyinchalik Qurilish vazirligi, «O‘zqurilishmateriallari» AK va boshqa mas’xul idoralarga deputatlik so‘rovi bilan chiqib, ularni ushbu masalaga ochiq ko‘z bilan, bir oyda 1 yoki 1,5 million daromad qiladigan uyga muhtoj oilaning qarichi bilan qarab, xulosa chiqarishlarini so‘rovdim.

Afsus shahar hokimi jamoasi o‘shandayoq bu masalaga ko‘z yumib qo‘ya qoldi: bir oy urinib, axiyri sarson so‘rovni «O‘zshaharqurilishinvest» IKga yo‘naltirishgan xolos.

Qolganlari ham uzoq tushuntirishib, oddiy aytganda «aravani rosa sudrash»dan nariga o‘tishmadi. Biroq 2019-yilda narx oshmaydi, maxsus loyiha ishlab chiqdik, degan va’dalar bor edi...qani?» deya yozadi deputat. 

«Xullas o‘sha vaqtda qo‘yilgan savolimga hozirgacha javob ola olmayapman: baraka topgur quruvchi, direktor, rais, hokim va ko‘plab mas’ullar yana so‘rayapman: Sizlarning uyga muhtojlar uchun «arzon uy-joy», degan uylaringiz respublika bo‘ylab qurilayotgan ayrim tijorat uylaridan ham qimmatga aylanib ketayaptiku! Kamiga sifatsiz degan gaplar yuribdi. Buni qanday izohlaysizlar? Bu uylarni arzon deyish mumkinmi? Gaplarimga ishonmasangiz olx.uz ga kirib ko‘ring. Ota bobolarimiz amal qilib kelgan lafz degan gap bor axir, boshda kelishildimi bo‘ldi: ohirigacha lafzdan qaytmaslik kerak. Bizga shuni o‘rgatishmaganmi ajdodlarimiz: lafzsizning ohiri voy va sharmandalik» deya fikrini tugatgan Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring