Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Asosiysi, har bir tumanga sanoat kirib bordi...»

Prezident: «Asosiysi, har bir tumanga sanoat kirib bordi...»

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident raisligida sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Joriy yilning o‘zida 2 mingta loyihani amalga oshirish, 110 mingta yangi ish o‘rni yaratish va 1 milliard dollar qo‘shimcha eksportni ta’minlash uchun imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

O‘tgan besh yilda 19 ta erkin iqtisodiy zona (ungacha atigi 3 ta bor edi) va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularda 10 trillion so‘mlik 1 mingdan ortiq loyiha ishga tushirildi.

Natijada 100 mingta ish o‘rni yaratilib, yiliga qo‘shimcha 45 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarila boshlandi.

Shuningdek, sanoat zonalaridagi korxonalar yiliga 750 million dollarlik eksport va 1 trillion so‘mdan ziyod soliq tushumlarini ta’minlamoqda.

«Asosiysi, har bir tumanga sanoat kirib bordi, olis va chekka hududlarda yangi ishlab chiqarishlar paydo bo‘lmoqda», dedi Prezident.

Xususan, besh yil avval sanoat umuman bo‘lmagan 11 ta tumanda 205 ta yangi korxona ish boshlab, bugungi kunda ularda sanoat hajmi 2 barobar oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring