Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atigi uch kun ichida qariyb bir million kishi yangi virusni yuqtirib oldi

Atigi uch kun ichida qariyb bir million kishi yangi virusni yuqtirib oldi

Foto: «Ok.ru»

Sayyoramizda pandemiya boshlangandan buyon koronavirusni yuqtirganlar soni 20 million kishidan oshdi, deya xabar berdi «Worldometers» portali.

Dushanba kuni ertalab dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 20 023 016 yetgani qayd etildi. Qurbonlar soni 733 ming kishidan oshdi. 12 897 813 kishi esa tuzalgan.

Biroq, Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, yangi virusni yuqtirganlar soni 20 millionga yaqinlashgan va u 19 778 566 kishini tashkil etadi. Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha haliyam AQSh (5 044 435), Braziliya (3 035 422), Hindiston (2 153 010), Rossiya (885 718) va JAR (559 859) yetakchilik qilmoqda.

Uch kun ichida qariyb bir million kishi virusni yuqtirib oldi. 7-avgust kuni ertalab kasallanganlar soni 19 million atrofida bo‘lgan. Bir hafta avval, 2-avgust kuni jahonda koronavirusga chalinganlar soni 18 millionni tashkil etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring