Avstriya kompaniyasi Xorazm yerlarini yomg‘irlatib sug‘orishga ko‘maklashadi

Avstriyaning «Bauer» kompaniyasi bilan Xorazmda 7,5 ming gektarda yomg‘irlab sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu haqda Prezident Mirziyoyev Xorazmda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bunday texnologiya sinov tariqasida respublikadagi 24 ta fermerning 2,5 ming gektar maydonida joriy qilinib, suv sarfi 40 foizga, o‘g‘it sarfi 35 foizga, qo‘l mehnati 90 foizga kamayib, hosildorlik 25 foizga oshgan.
Bunda fermerlarga jami 15 million yevrolik yomg‘irlatib sug‘orish texnikalari tayyor o‘rnatilib, lizing asosida so‘mda yillik 2,5 foiz stavkada 10 yil muddatga beriladi.
Avstriya texnikalari uchun 10 yilga kafolat beriladi va mutaxassislar bepul o‘qitiladi.
Mutasaddilarga bu yil 1,5 ming gektarda 2 million yevrolik loyihani tajriba qilib, kelgusi yili buni 7,5 ming gektarda joriy qilish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter